Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-10-15
Bu siyosat PDP School (Toshkent, Sergeli tumani; PDP EcoSystem tarkibida) school.pdp.uz saytida va Facebook / Instagram sahifalarimizdagi lid-formalarida shaxsiy ma'lumotlarni qanday yig'ishi, nima uchun ishlatishi va qanday himoya qilishini tushuntiradi.
1. Qanday ma'lumot yig'amiz
- O'zingiz qoldirgan ma'lumot: ism, telefon raqami, farzandning sinfi, tanlangan yo'nalish, tashrif uchun qulay kun va vaqt, muloqot tili hamda formada yozgan qo'shimcha izohlaringiz.
- Reklama formalaridan: Facebook yoki Instagram'dagi e'lonimiz orqali forma to'ldirsangiz, Meta bizga siz ko'rsatgan javoblarni (ism, telefon, savollarga javoblar) va e'lonning texnik belgilarini (kampaniya, e'lon nomi) uzatadi.
- Texnik ma'lumot: brauzer va qurilma turi, sahifaga qanday kelganingiz (manba, UTM belgilari), sahifadagi harakatlar. Bu ma'lumot analitika xizmatlari orqali, cookie fayllari bilan yig'iladi.
Biz hech qachon to'lov kartasi ma'lumotlarini, parollarni yoki hujjat raqamlarini sayt orqali so'ramaymiz.
2. Nima uchun ishlatamiz
- arizangizga javob berish, qabul bo'limi bilan bog'lanish va maktabga tashrifni kelishish uchun;
- o'quv yo'nalishlari, to'lov shartlari va tadbirlar haqida ma'lumot berish uchun;
- reklamamiz qanchalik samarali ekanini o'lchash va saytni yaxshilash uchun.
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaymiz.
3. Kim ko'radi va qayerda saqlanadi
- Maktabning qabul bo'limi. Arizalar PDP'ning o'z serverida ishlaydigan Bitrix24 CRM tizimiga tushadi; unga faqat vakolatli xodimlar kiradi.
- Analitika va reklama xizmatlari. Saytda Google (Google Tag Manager, Google Ads), Yandex (Yandex.Metrika, shu jumladan Webvisor) va reklama sahifalarida Meta (Meta Pixel) xizmatlari ishlaydi. Ular o'z cookie fayllarini qo'yadi va ma'lumotni o'z siyosatlari bo'yicha qayta ishlaydi.
- Texnik xabarnomalar. Yangi ariza haqida xodimlarga Telegram orqali bildirishnoma ketishi mumkin.
Ma'lumot talab qilingan hollarda (qonun bo'yicha rasmiy so'rov) vakolatli organlarga berilishi mumkin.
4. Qancha vaqt saqlanadi
Aloqa ma'lumotlari qabul jarayoni uchun zarur bo'lgan muddat ichida CRM tizimida saqlanadi. O'chirishni so'rasangiz, arizangiz va aloqa ma'lumotlaringiz CRM'dan olib tashlanadi.
5. Sizning huquqlaringiz
Istalgan vaqtda biz saqlayotgan ma'lumotingiz bilan tanishish, uni to'g'rilash yoki o'chirishni, shuningdek xabarlar yuborishni to'xtatishni so'rashga haqlisiz. Buning uchun qabul bo'limiga murojaat qiling — ariza qabul qilingan kundan 7 ish kuni ichida bajariladi.
Cookie fayllarini brauzer sozlamalari orqali o'chirib qo'yishingiz mumkin; bunda saytning ba'zi qismlari noto'g'ri ishlashi mumkin.
6. Bolalarning ma'lumotlari
Formalarni ota-onalar yoki qonuniy vakillar to'ldiradi. Farzand haqida faqat qabul uchun zarur ma'lumot (sinf, yo'nalish) so'raladi.
7. Bog'lanish
Qabul bo'limi: 1820 ·
Telegram: @pdpschooll
Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani.
Siyosat o'zgarsa, yangi matn shu sahifada va yuqoridagi «Oxirgi yangilanish» sanasi bilan e'lon qilinadi.